Bu gal yangiliklar, o‘ziga xos jihatlar ko‘p. Xususan, birinchi raqamli bort ilk bor Toshkentdan Mo‘ynoqqa keladi. Tashrif ham, avvalgilardan farqli ravishda, uch kun bo‘ladi.

Yana bir yangilik - Orolbo‘yi hududini birgalikda rivojlantirish maqsadida Qoraqalpog‘iston tumanlari bittadan viloyatga biriktirilgan. Shu bois bu yerga Toshkent shahri va viloyat hokimlari ham kelgan. Ular o‘zlariga biriktirilgan hududlar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazadi.