Murojaatnomada mamlakatimiz hayotining har bir jabhasini yanada rivojlantirishga oid yirik tashabbuslar ilgari surilishi hamda kelgusi yillardagi eng muhim vazifalar yuzasidan rejalar taqdim etilishi kutilmoqda.

Prezident necha marta Murojaatnoma yoʻllagan?

2017-yilning 22-dekabr kuni Oʻzbekiston tarixida ilk marotaba Prezidentning parlamentga 2017-yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasini 2018-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan Murojaatnomasi taqdim etildi.

Mazkur dasturiy maʼruza chuqur mazmun va katta ahamiyatga ega boʻlib, barcha sohalarni qamrab olgani sababli xalqimiz hamda hamkor mamlakatlarda katta qiziqish uygʻotdi.

2018-yilning 28-dekabr kuni esa Prezidentning ikkinchi Murojaatnomasi parlamentga taqdim etildi.

Navbatdagi Murojaatnoma 2020-yilning 24-yanvarida yoʻllandi. Toʻrtinchi Murojaatnoma esa 2020-yil 29-dekabr kuni taqdim etildi.