— Keyingi yillarda mamlakatimizda jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarning sport bilan shugʻullanishlari uchun zarur sharoitlar yaratish, ularning xalqaro turnirlarda munosib ishtirok etishini taʼminlash va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi tizim joriy qilindi.

Biz bundan buyon Olimpiya va Paralimpiya sportini yaxlit bir tizim sifatida koʻramiz, ular uchun keng sharoit va imkoniyatlar hamda ragʻbatlantirish tizimini yaratamiz.

Xabaringiz bor, 24-avgust kuni Tokioda yozgi Paralimpiya oʻyinlari boshlanadi. Ushbu nufuzli musobaqada ham vakillarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etib, Vatanimiz shaʼnini munosib himoya qiladilar, deb ishonamiz.

Bugungi tantanali marosimda bir guruh paralimpiya sportchilarimiz ham qatnashmoqda.

Fursatdan foydalanib, boʻlgʻusi musobaqalarda ularning barchasiga omad va zafarlar tilab qolamiz.