Prezident Shavkat Mirziyoyev bu haftada Qozogʻiston Respublikasiga tashrif buyuradi

    Hukumat 10 Oktabr 2022 2884

    Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov brifingda ma'lum qildi.

    — Boshlangan haftada davlatimiz rahbarining ish jadvalidan ham ichki, ham tashqi siyosiy masalalarda qator tadbir, uchrashuv va tashriflar oʻrin olgan, — dedi Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov mahalliy va xorijlik jurnalistlar uchun oʻtkazgan brifingida.

    Jumladan, 11-oktyabr kuni davlatimiz rahbari mamlakatimizga tashrif bilan kelgan Tatariston Respublikasi rahbari Rustam Minnixanovni qabul qiladi. Unda hududlararo hamkorlikni yangi mazmun va aniq loyihalar bilan yanada rivojlantirish hamda amalga oshirilayotgan hamkorlikdagi qoʻshma dasturlarni jadallashtirish masalalari muhokamasi koʻzda tutilgan.

    12-14-oktyabr kunlari Prezidentimiz Osiyoda hamkorlik va oʻzaro ishonch choralari boʻyicha kengash yigʻilishi, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi hamda “Markaziy Osiyo – Rossiya” sammitida ishtirok etish uchun Qozogʻiston Respublikasiga tashrif buyuradi.

    Tashrif kun tartibida xorijiy davlatlar, shu jumladan, Vyetnam Sotsialistik Respublikasi Vitse-prezidenti Vo Txi An Suan, Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif va bir qator xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazish ham koʻzda tutilgan.

    Bundan tashqari, hafta davomida Prezidentimiz mamlakatimiz iqtisodiy va ijtimoiy rivojiga bagʻishlanagan qator muhokamalarni oʻtkazishi rejalashtirilgan.