“Prezident sovg'asi” Toshkent viloyatiga etib bordi

    Ijtimoiy hayot 30 Dekabr 2020 2617

    Mamlakatimizda yosh avlod hayoti va kamoli, ularning munosib shart-sharoitlarda ta'lim-tarbiya olishi doimiy e'tiborda. SHaxsan Prezidentimiz tashabbusi bilan bayramlar, tantanalar, muhim sanalarda ularga mehr va e'tibor, g'amxo'rlik ko'rsatish ezgu an'anaga aylangani ham yurtimizdagi bolajonlik ifodasidir.

    Har yili an'anaviy tarzda yangi yil arafasida davlatimiz g'amxo'rligining ifodasi sifatida minglab bolajonlarga “Prezident sovg'asi” tortiq qilinadi.

    Kuni kecha, 29 dekabr` kuni Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, Vatan sarhadlarini himoya qilishda jonini fido qilgan yurtdoshlarimizning farzandlari, mahallalardagi etim va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan 3 yoshdan 15 yoshgacha bo'lgan bolalarga atalgan “Prezident sovg'asi” Toshkent viloyatiga ham etib bordi.

    Tarkibiga 20 turdagi shirinlik, 3 turdagi o'quv qurollari va 2 turdagi jihozlar jamlangan “Prezident sovg'asi” Davlatimiz rahbarining nomidan viloyat hokimligi, tuman va shahar hokimliklari, xalq ta'limi boshqarmasi hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida 1289 nafar Toshkent viloyatidagi bolajonlarga ularning xonadoniga borgan holda topshiriladi.