Erkaklar va ayollar oʻrtasida boʻlib oʻtadigan jahon chempionatida Gruziya, Belgiya, Eron, Rossiya, Pokiston, Xitoy, Italiya, Turkiya, Kamerun, Braziliya, Moldova, Hindiston, Moʻgʻuliston, Latviya, Estoniya, Qozogʻiston, Tojikiston kabi davlatlardan saralangan polvonlar ishtirok etadi.
Erkaklar belbogʻli kurash va belbogʻli kurashning erkin yoʻnalishida 8 vazn toifasida kuch sinashsa, ayollar 5 vaznda bellashadi.
Bu belbogʻli kurash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun oʻtkazilayotgan uchinchi jahon chempionati hisoblanadi. Lekin kattalar oʻrtasida ilk bor Namanganda oʻtkazilayotgan nufuzli musobaqadir.