Shu bilan birga, mazkur hamkorlik asosida oʻquv rejalari va taʼlim dasturlarini ishlab chiqish, taʼlim sifatini nazorat qilish hamda laboratoriya va kutubxonalarni kerakli asbob-uskunalar bilan taʼminlashda amaliy koʻmak berish maqsad qilib olingan.

Shuningdek, TUM international GmbH tashkiloti boshqaruv direktori Friderike Hettinger bilan imzolangan shartnoma asosida, tashkilot universitet boshqaruv strategiyalarini ishlab chiqish hamda universitetga tajribali olim va professorlarni jalb qilish jarayoniga oʻz hissasini qoʻshadi.