Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga oʻquvchilarni qabul qilish tartibi belgilandi

    Ta'lim 5 May 2022 5317

    Hukumat qarori (233-son, 05.05.2022-y.) bilan Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

    Nizomga muvofiq, ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilish aniq va tabiiy fanlar, ingliz tili hamda mantiqiy fikrlash boʻyicha oʻtkaziladigan imtihonlar asosida amalga oshiriladi.

    Oʻquvchilar faqat oʻz hududidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilinadi.

    Tanlovda qatnanish uchun qabul komissiyasiga platforma orqali hujjatlar (tugʻilganlik guvohnomasi, tabel nusxasi, 3x4 rasm, olimpiada gʻolibligini tasdiqlovchi hujjat (bor boʻlsa) yuboriladi.

    Kirish imtihonlari quyidagi fanlardan test shaklida oʻtkaziladi:

    ▫️aniq fanlar yoʻnalishida: matematika, fizika, ingliz tili;

    ▫️tabiiy fanlar yoʻnalishida: biologiya, kimyo, matematika, ingliz tili.

    Maktablarda taʼlim aniq fanlar yoʻnalishi boʻyicha 5-11 sinflar, tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha 7-11 sinflarda amalga oshiriladi.

    Har bir sinfda oʻquvchilar 24 nafardan koʻp boʻlmaydi.