Shundan soʻng, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisi boshchiligida ishchi guruh tashkil etilib, Fargʻona shahrining “Shodiyona” mahallasidagi elektr taʼminoti bilan bogʻliq muammolarni oʻrgandi.

Tegishli loyihalar asosida, hududga yangi temir-beton tayanchlari, transformator punktlari oʻrnatish hamda 0,4 kVli elektr uzatish tarmoqlarini qurish ishlari boshlandi.