Bunga Kitob tumani misol boʻladi. Hududda 1 oy ichida surunkali kasalliklar boʻyicha uchinchi va toʻrtinchi guruhga mansub 20 turdan ortiq kasalliklar boʻyicha 1,5 ming bemorga joyida kerakli yordam koʻrsatilgani bois, viloyat va respublika shifoxonalariga murojaat 2 baravarga kamaygan. 

Yigʻilishda 20 ta tumanda tibbiyot birlashmalarining ishlari yetarli darajada tashkil etilmagani qayd etildi. Ular Qorovulbozor, Chiroqchi, Qamashi, Qoʻngʻirot, Chimboy, Marhamat, Jalaquduq, Zarbdor, Mingbuloq, Pop, Oqdaryo, Sayxunobod, Angor, Pskent, Yuqorichirchiq, Yozyovon, Uchkoʻprik, Yangiariq, Xiva, Sergeli tumanlari.