Prezident taʼlim muassasalari agentligi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, mazkur laboratoriya Janubiy Koreyadan keltirilgan eng ilgʻor va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlanadi.
Bu kabi laboratoriyalarni tashkil etish orqali Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt, elektromobillar, nano-materiallar, yarim-oʻtkazgichlar kabi sohalarni rivojlantirish, shuningdek, Prezident universitetini ushbu sohalarda lokomotivga aylantirish koʻzda tutilgan.
Aytish mumkinki, yaratilayotgan bu imkoniyatlar talabalarning jahon standartlariga mos ravishda amaliyotga ega boʻlishlarini taʼminlaydi.