"Yangi O‘zbekiston" universitetiga kirish imtihoni bo‘lib o‘tdi

    2021-yilda tashkil etilgan "Yangi o‘zbekiston" universitetida bugungi kunda 178 nafar talaba tahsil oladi. Bu yilgi o‘quv yilida esa 300 nafar talaba o‘qishga qabul qilinishi rejalashtirilgan.

    2021-yil 21-iyul kuni ana shu 300 o‘rin uchun kirish imtihoni bo‘lib o‘tdi.

    Ma’lum qilinishicha, imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan va talabalik baxtiga muyassar bo‘lgan yoshlarga kelgusida AQSH, Germaniya, Misr, Hindiston va Eron kabi davlatlardan kelgan professor o‘qituvchilar dars berishadi. Ko‘plab xorijiy davlatlarning yirik korxonalari va loboratoriyalarida amaliyot o‘tash imkoniga ega bo‘lishadi. Universitet shu jihatlari bilan ham Markaziy Osiyoda nufuzli hisoblanadi va uning talabasi bo‘lish istagini bildirgan yoshlar ko‘pchilikni tashkil etadi.

    "Biz Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi "Yangi O‘zbekiston" universitetiga kirish imtihonlariga tayyorgarlik jarayonlarini 8 oy oldinroq boshlab yuborganmiz. Yo‘nalishlar kesimida abituriyentlar uchun savollar tuzildi. Talabgorlar matematika, fizika, kimyo va mantiqiy fikrlashdan imtihon topshirmoqdalar. Barcha savollar Kembridj mutaxassislari tomonidan tuzilgan. Savollar 2 kun avval xavfsizlikka rioya qilingan holda Angliyadan olib kelindi. Jarayonlar shaffoflikka va sifatli tarzda o‘tkazilmoqda. Imtihonlarda Cambridge Assessment International Education tashkiloti vakillari xam ishtirok etishmokda" dedi "Cambridge" ta’lim hamkorligi bo‘yicha Yevrapa va Osiyo bo‘limi boshlig‘i Ctiv King.

    Imtihon 3 soat davom etdi. Omad kimga kulib boqqani esa test javobi natijalari e’lon qilingach ma’lum bo‘ladi.