Shu bois oʻquvchilarga taʼlim berishda zamonaviy kommunikatsiya vositalari imkoniyatidan samarali foydalanish, oʻquvchilarning ham oʻynab, ham oʻrganishi uchun sharoit yaratishga harakat qilinyapti.
Prezident Shavkat Mirziyoyev bu yerda bolalar bilan suhbatlashdi. Oʻquvchilar, xususan, alohida taʼlimga muhtoj bolalar dars jarayonlarini qanday oʻzlashtirayotgani bilan qiziqdi.