Unda universitet rektori, professor Bahodirjon Shermuhammadov O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan o'tkazgan muloqotida bildirilgan tashabbuslar asosida talaba-yoshlarga murojaat yo'lladi.

Muloqotda Farg'ona viloyati yoshlar ittifoqi Kengashi raisi Alisher Anvarov, keng jamoatchilik vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda universitet professor-o'qituvchilari ishtirok etdi.

Tadbir davomida rektor Yoshlar bilan ochiq muloqotdagi murojaatnoma tavsifiga alohida to'xtalib, yoshlar salohiyati, yetakchilik va liderlik qobiliyatlarini rivojlantirish, tashabbuskor yoshlarning innovatsion g'oya va takliflarini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar haqida batafsil ma'lumot berdi. Ishtirokchilarga bu yo'nalishdagi davlat siyosati va amaliy choralar tushuntirib o'tildi.

Shuningdek, uchrashuvda talaba-yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar mutasaddilar tomonidan umumlashtirildi. Ular asosida manzilli chora-tadbirlar belgilab olindi, bu esa yoshlarning faoliyatini yanada rag'batlantirishga xizmat qiladi.

Uchrashuv yakunida professor Bahodirjon Shermuhammadov Prezidentning yoshlar bilan muloqotida bildirilgan tashabbuslardan kelib chiqib, talaba-yoshlarga qaratilgan murojaatini o'qib eshittirdi. Bu murojaat yosh avlodni yangi g'oyalar va loyihalarni amalga oshirishga undadi.

Farg'ona davlat universiteti matbuot xizmati 

Hamkorlik materiali