Prezidentining tegishli farmonlari bilan qator tayinlovlar amalga oshirildi

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan:

    Ravshan Ayubovich Gulyamov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hududiy rivojlanish boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat boʻyicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;

    Obid Arzikulovich Xakimov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari — Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori lavozimidan ozod etildi;

    Aziz Yuldashevich Magrupov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hududiy rivojlanish boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi investitsiyalar boʻyicha vakili lavozimidan ozod etildi.