Nomzod Buxoro safarini Islom dini taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan alloma Bahouddin Naqshband majmuasi ziyoratidan boshladi.
Alisher Qodirov Buxoro shahridagi 82-maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan ham tanishdi.
Zamonaviy sharoitlarga ega bo‘lgan ushbu tashkilotda asosan nutqi va tayanch harakatida nuqsoni bo‘lgan bolalar tarbiyalanmoqda. Ahamiyatlisi, MTT ilk qadam Davlat dasturi asosida faoliyat ko‘rsatmoqda. Ya’ni, bolajonlarning ijodiy faoliyati o‘z xohishlari va iqtidoriga qarab rivojlantiriladi.
Alisher Qodirov pedagog o‘zining, yaqinlarining bolasini yaxshi ko‘rishi bilan birga qo‘shnilari, mahallasining bolalariga ham mehr bera olishi kerakligini ta’kidladi.
– Shundagina u haqiqiy pedagog bo‘ladi. Biz tarbiyachilar, pedagoglarning yangi avlodini shakllantirishimiz lozim, – dedi A.Qodirov.
Prezidentlikka nomzod Alisher Qodirovning Buxoro viloyatidagi saylovchilar bilan uchrashuvi davom etmoqda.