Maʼlumki, shu yilning oktyabr oyida Braziliyada navbatdagi prezident saylovi boʻlib oʻtadi. Unda sobiq davlat rahbari Luis Inasio Lula da Silva ham ishtirok etmoqchi. Sharhlovchilar Lula Silvani prezidentlikka asosiy nomzod sifatida koʻrishmoqda.
TASS xabariga qaraganda, Lula Silva COVID-19ga chalingan. Lekin 76 yoshli siyosatchi oʻzini yaxshi his etmoqda. Xabarda aytilishicha, prezidentlikka nomzodning turmush oʻrtogʻi Rozanjelada ham koronavirus aniqlangan. Vrachlar bemorlarning har ikkisida ham kasallik yengil oʻtayotganini bildirishgan.