Uchrashuv Qashqadaryo viloyatining barcha tuman va shaharlari saylovchilari bilan videokonferens aloqa tarzida tashkil etildi.

Uchrashuvni Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi Ulugʻbek Inoyatov olib bordi.

Xalq demokratik partiyasining Qashqadaryo viloyati kengashi raisi, nomzodning ishonchli vakili Olim Ravshanov saylovchilarga nomzod Maqsuda Vorisovaning tarjimayi holi, mehnat faoliyati haqida batafsil maʼlumot berdi.

Yuzma-yuz muloqotda Maqsuda Vorisova saylovchilarni oʻz saylovoldi dasturining ustuvor yoʻnalishlari bilan tanishtirdi.

Qarshi shahridagi “Oʻzbekneftgaz” AJ binosi majlislar zalida Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Maqsuda Vorisova saylovchilar bilan uchrashdi.