Umumiy maydoni 155 gektar maydonga teng mazkur bogʻ qurilishi 2017-yilda boshlangan boʻlib, jami loyiha qiymati qariyib 130 million dollarni tashkil etadi. Ayni paytgacha bu maskanda dam oluvchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilib, turli attraksion oʻyinlar, manzarali daraxt va koʻchatlar ekilib, sof ekologik muhit yuzaga keltirildi. Qolaversa, ajib xiyobon Namanganda turizm salohiyatini yuksaltirish bilan bir qatorda viloyatga sayyohlar oqimini koʻpayishiga ham xizmat qilmoqda.
Muhimi shundaki, “Afsonalar vodiysi” bogʻi soʻlim va xushmanzara boʻlib, shahar mikroiqlimi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodov bogʻda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishib, Ekopartiya tomonidan tashkil etilgan daraxt ekish aksiyasida ishtirok etdi. “Yashillar” tomonidan bogʻ hududiga mevali va manzarali daraxt koʻchatlari oʻtqazildi.