Toshkent shahrida O'zbekiston, Turkiya va Ozarbayjon tashqi ishlar, savdo hamda transport vazirlarining ilk marotaba uch tomonlama uchrashuvi bo'lib o'tadi. 

Muzokaralar kun tartibidan mintaqalararo hamkorlik, investitsiya, innovatsiya va transport-kommunukatsiya sohalaridagi aloqalarni  yanada rivojlantirish masalalari o'rin olgan. 

Prezident unda ishtirok etish uchun mamlakatimizga keladigan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mexmet Chovushoglu hamda Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyxun Bayramovni qabul qilishi rejalashtirilmoqda. 

 Davlat rahbari 28 iyuldan beri mamlakatamizda bo'lib turgan Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Milliy ozchiliklar masalalari bo'yicha komissari Qayrat Abdurahmanovni qabul qiladi.

Bundan tashqari, hafta davomida mamlakatimizni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishga qaratilgan yig'ilish va muhokamalar o'tkaziladi.