Bu yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan “Ochiq muloqoti”ga tayyorgarlik koʻrish jarayonida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda “Koll markaz” va Respublika shtabi tashkil qilindi. Tadbirkorlik subyektlari vakillaridan Respublika shtabiga 12 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi.

Eng koʻp murojaatlar quyidagi yoʻnalishlarda kelib tushgan:

- “Biznesni moliyalashtirish boʻyicha” – 3 886 ta;

- “Soliq tizimi boʻyicha” – 1 066 ta;

- “Yer ajratish masalalari boʻyicha” – 949 ta.

Kelib tushgan murojaatlarning 11 452 tasi individual xarakterda ega boʻlib, 9 791 tasi (85 foizi) bugungi kunda ijobiy hal qilingan.

Qolgan murojaatlarni tezkorlik bilan hal qilish maqsadida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tashkil qilingan “Tadbirkorga tez yordam” portaliga (tadbirkor.mift.uz) yoʻnaltirildi va natijasi nazoratga olindi.

2021-yilgi “Ochiq muloqot” bilan bu yilgi tadbirni solishtiradigan boʻlsak, bu yil tadbirkorlardan koʻplab tizimli muammolar va ularni hal qilish boʻyicha takliflar bildirildi.

Shu oʻrinda bu yil oʻtgan yilga nisbatan Siz tadbirkorlar tomonidan tadbirkorlik sohasini yanada rivojlantirish boʻyicha juda koʻplab takliflar bildirildi.

Mazkur takliflar tegishli vazirlik va idoralar, iqtisodchi hamda olimlar tomonidan oʻrganilib, ularni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Bu yil “Ochiq muloqot” tadbiriga tayyorgarlik mutlaqo yangicha tizim asosida olib borildi.Xususan, joriy yilning 17-18-avgust kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan navbatdagi “Ochiq muloqoti”ga tayyorgarlik koʻrish yuzasidan “Tadbirkorlar bilan muloqot haftaligi” doirasida

9 ta mavzuda panel sessiyasilar boʻlib oʻtdi.

Mazkur tadbir doirasida 2 kun davomida jami 3 500 dan ortiq tadbirkorlar, shundan markaziy studiyadan 1 300 ga yaqin va hududiy studiyalaridan 2 250 ga yaqin tadbirkorlar ishtiroki taʼminlandi.

Natijada, tadbirkorlarning 531 tasi oʻz muammo va takliflarini bildirdi. Ularning 255 ta individual xarakterga ega boʻlgan muammoli masalalar, 76 ta tizimli muammolar, 50 ta takliflar eshitildi. Shuningdek hududlardan ishtirok etgan 37 ta tadbirkorlar ham muammo va takliflarni aytib oʻtdi.