Dalnevostok transport prokuraturasi maʼlumotlariga koʻra, hodisa kechasi soat 23:25 da Teplyakovsk koʻrfazida sodir boʻlgan.
“Slavyanskiy sudoremontnыy zavod” korxonasiga qarashli suzuvchi kran bortida toʻqqiz kishidan iborat ekipaj boʻlgan. Ulardan yetti kishi jabrlanmagan. Voqea joyiga qutqaruvchilar yetib kelgan, lekin ularning yordamiga hojat qolmagan.
Primoryeda toʻfondan jami 70 munitsipalitet jabrlangan, 150 mingdan koʻp kishi boshpanasiz qolgan. Ayniqsa Naxodka, Artem, va Vladivostok shaharlarida, shuningdek, Shkotovsk, Partizansk, Nadejdinsk, Xasansk tumanlarida vaziyat murakkab, deb xabar beradi RIA Novosti.
Vladivostokda boʻronning tezligi daqiqasiga 40 metrgacha yetgan, avj olgan joylarda 43 metrgacha borib yetgan. Zolotoy Rog koʻrfazidan oʻtuvchi, hamda Russkiy oroliga olib boruvchi koʻpriklar yopildi.