Olimlar uning organizmini o'rganishdi, natijalar esa ularni hayratda qoldirdi.

Tajriba chuqur dengiz sharoitlari, xususan, yuqori bosimning inson organizmiga ta'sirini o'rganish uchun o'tkazildi. Okean tubida 93 kun yashagan Diturining sog'lig'i doimiy ravishda olimlar tomonidan kuzatib borildi.

G'avvosning aytishicha, tajribadan so'ng uning terisi yanada yosharib, qayishqoq bo'lgan, u o'zini ancha yaxshi his qila boshlagan.

Mutaxassislar Dituri tanasini o'rganib, professorning telomerlari (hujayra yoshligi uchun mas'ul bo'lgan va yoshi o'tgan sayin qisqarib boruvchi xromosomalar uchidagi tuzilmalar) 20 foizga, ildiz hujayralari soni esa 10 barobarga ko'payganini aniqlashdi. Bu uning 10 yilga yosharganini bildiradi.

Olimlar chuqurlikdagi yuqori bosim inson tanasiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, hujayralarning o'sishi va rivojlanishini rag'batlantiradi degan xulosaga keldi. Shunday qilib, tajriba natijasida Diturining tanasida yallig'lanish belgilari ikki baravar va xolesterin darajasi sezilarli darajada kamaydi.

Biroq ko'plab mutaxassislar suv ostidagi bosimning inson tanasiga ijobiy ta'siriga shubha qilishadi. Ular okean tubiga uzoq vaqt ta'sir qilish jiddiy sog'liq muammolariga, jumladan vitamin va minerallarning yetishmasligiga olib kelishi mumkinligiga ishonishadi. Mutaxassislar qo'shimcha tadqiqotlar va tajribalar o'tkazish lozimligini ta'kidlashadi. Biroq, bu tadqiqot chuqur dengiz sharoitlarining inson tanasiga ta'sirini o'rganish uchun yangi istiqbollarni ochadi va yangi davolash va yoshartirish usullarini ishlab chiqishda asqatishi mumkin, deb xabar beradi mir24.tv.