Tadbirda Bosh prokuror faxriylarning qonun ustuvorligini taʼminlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish yoʻlidagi xizmat faoliyatini eʼtirof etib, ularning kasbiy mahorati va boy hayotiy tajribasi yosh xodimlar uchun ibrat ekanini taʼkidladi.
Marosim yakunida faxriy xodimlarga minnatdorlik soʻzlari bildirilib, ularga sogʻliq-salomatlik, oilaviy xotirjamlik va farovon hayot tilaklari izhor etildi.
Qayd etilishicha, bunday tadbirlar prokuratura tizimida xizmat qilgan xodimlarni eʼzozlash, kasb nufuzini oshirish va avlodlar vorisiyligini mustahkamlashga xizmat qiladi.