30-may kuni PSJ va “Arsenal” jamoalari o‘rtasida Chempionlar ligasi final bahsi bo‘lib o‘tdi. Qizg‘in va murosasiz kechgan uchrashuvda parijliklar penaltilar seriyasida g‘alaba qozonib, ketma-ket ikkinchi bor musobaqa bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.
Uyinning 6-daqiqasida “Arsenal” hujumchisi Kay Xavers hisobni ochib, londonliklarni oldinga olib chiqdi.
Ikkinchi bo‘limda PSJ tashabbusni o‘z qo‘liga oldi va 65-daqiqada Usmon Dembele penaltidan aniq zarba yo‘llab, hisobni tenglashtirdi. Shundan so‘ng asosiy vaqt 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Qo‘shimcha bo‘limlarda ham tomonlar ehtiyotkor harakat qildi va darvozalarga boshqa gol kiritilmadi. Natijada g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi.
Penaltilar seriyasida PSJ 4:3 hisobida ustun kelib, Chempionlar ligasi kubogini qo‘lga kiritdi.