Bu haqda IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Murojaatga asosan tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlarida ushbu jinoyatni Namangan viloyatida yashovchi J.K. sodir etganligi aniqlandi.
Maʼlumotlarga koʻra, J.K., O.X. bilan Telegram tanishib, unga “PUBG” onlayn oʻyinining kuchaytirilgan akkauntini sotishini aytgan va oldindan plastik kartasiga 900.000 pullarni oʻtkazdirib olib, kelishilgan akkauntni bermasdan, yozishmalarni oʻchirib yuborib, uni qora roʻyxatga kirgizib qoʻygani maʼlum boʻldi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan J.K.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “b,g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.