Bugungi kunda tashqi savdo shartnomalari, pul oʻtkazmalari tizimlari hamda boshqa transchegaraviy toʻlovlarni amalga oshirishda tegishli Xalqaro moliyaviy axborot almashinuvi tizimi faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.
Hozirda tijorat banklari tomonidan transchegaraviy oʻzaro hisob-kitoblarning uzluksizligi bilan bogʻliq xavf-xatarlarni oldini olish hamda xoʻjalik subyektlari va aholining joriy xalqaro amaliyotlari doirasida toʻlovlari (pul oʻtkazmalari)ni cheklovlarsiz va oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida oʻz ixtiyoriga koʻra muqobil toʻlov tizimlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha tegishli choralar koʻrib borilmoqda.
Oʻz navbatida, Markaziy bank joriy vaziyatni doimiy ravishda kuzatib bormoqda va zarur hollarda bank tizimi va toʻlov tizimlari faoliyati barqarorligini, jumladan, xalqaro munosabatlar doirasida erkin moliyaviy axborot almashinuvi va hisob-kitoblarning uzluksizligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrilishini taʼminlaydi.