Shartnomaga ko'ra, yuk avtomobili fuqaroga 2023-yil 30-yanvar kuni MCHJ tomonidan etkazib berilishi kerak bo'lgan. Ammo belgilangan vaqt o'tib ketsada avtomobildan darak bo'lmagan.

Shundan so'ng fuqaro Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Samarqand shahar jamiyatiga murojaat qilgan.

Jamiyat mutaxassislari o'z vakolati doirasida murojaatni ko'rib chiqdi va fuqaro B.Jamolovga MCHJ tomonidan yuk avtomobili etkazib berilishi ta'minlandi.

Shuningdek, murojaatchining talabi inobatga olinib, 2023-yil 1-yanvardan qo'shilgan qiymat solig'i foizi 15 foizdan 12 foizga tushirilgani munosabati bilan iste'molchiga joriy yil fevral oyi yakunida 16 million 617 ming 391 so'm MCHJdan qaytarib olib berildi.