Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida yashovchi N.S. ariza bilan murojaat qilib, nomaʼlum shaxs uning bank kartasidan 470.000 soʻm pullarini yechib olganligini bildirib nomaʼlum shaxsga nisbatan qonuniy chora koʻrishlikni soʻragan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlar davomida, ushbu jinoyatni Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida yashovchi, jabrlanuvchining mahalladoshi, 2003-y.t. M.O. tomonidan sodir etilganligi aniqlandi.
M.O. jabrlanuvchiga sezdirmagan holda uning telefon qurilmasidan sms-xabarnomani qoʻlga kiritib, toʻlov ilovasiga qoʻshimcha ravishda ulanib olish orqali pullarni oʻzlashtirganligi maʼlum boʻldi.
M.O.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.