Suhbat davomida Putin Navalniyning shifoxonaga tushishi bilan bogʻliq vaziyatda shoshma-shosharlik va asoslanmagan fikrlar bilan xulosa qilmaslik lozimligini qayd etgan.

Aleksey Navalniy 20-avgust kuni Tomskdan Moskvaga uchayotgan samolyotda ahvoli yomonlashganidan buyon komada. Uning yaqinlari siyosatchi zaharlangan, deb taxmin qilmoqda.