“Amerika armiyasining bevosita ishtirokisiz Tomahawk raketalaridan foydalanib bo'lmaydi. Bu Rossiya va Qo'shma Shtatlar o'rtasidagi keskinlashuvning sifat jihatidan yangi bosqichini ko'rsatadi”, deb ta'kidladi Putin.
“Valday” xalqaro munozara klubi siyosatshunoslik, iqtisod, tarix va xalqaro munosabatlar bo'yicha yetakchi xorijiy va rossiyalik ekspertlar uyushmasi hisoblanadi. Klub 2004-yilda tashkil etilgan. Klubning nomi Valday ko'li nomidan olingan. Boisi uning birinchi konferensiyasi mazkur ko'l yaqinidagi Velikiy Novgorodda bo'lib o'tgan, deb xabar berdi ria.ru.