“Quloch”. Hoʻsh, “quloch” soʻzi asli qanday maʼnoni anglatadi? XI asrda oʻtgan buyuk tilshunos olim Mahmud Qashgʻariy turkiy tillarga oid boʻlgan “quloch” soʻzini asli “quloch” soʻzi (qoʻlingni och), “qulochni yoz” maʼnosida talqin qiladi. “Quloch” soʻzi tojik tiliga “quloch” shaklida, afgʻon tiliga esa “chulach” tarzida oʻtgan boʻlib, u taxminan 165-175 sm ga teng yoki 8 qarich “bir quloch” boʻlgan. Bir quloch turli joylarda turlicha boʻlib, Buxoroda 142 sm, Fargʻonada 167 sm deb olingandir.
“Qari”, qadimgi turkiy yozma manbalarda hamda hozirgi qirgʻiz, qoraqalpoq kabi turkiy tillarda qoʻl uchidan tirsakkacha boʻlgan uzunlikni ifodalovchi soʻz. Bu soʻz kelib chiqishi jihatidan “tirsak” (keng maʼnoda qoʻl) soʻzi bilan aloqador.
“Qadam”, “odim” soʻzlari asosiy uzunlik oʻlchovlaridan boʻlib, ulardan “qadam” arab tiliga, “odim” esa turkiy tillarga xos. Odatda bir qadam arshinga, 12000 qadam boʻlsa bir “tosh” (bir farsang)ga teng deb hisoblangan. Turkiy tillardan tashqari, “qadam” (qadam, gadam) soʻzi Misr, Sudan, Turkiya, Afgʻoniston kabi mamlakatlarda keng tarqalgan.
“Arshin” soʻzi fors tilidagi “arash”, “oron” soʻzlaridan kelib chiqqan boʻlib, tirsak (bilak) maʼnosini bildiradi.
“Gaz” oʻlchovi taxminan 88 sm.ga baravar uzunlik oʻlchovi sifatida ishlatilgan.
“Tanob”. Ekin maydonini oʻlchashda qoʻlaniladigan yuza oʻlchov birligi.








