Oʻzbek xonliklari davrida zargarlar kumushdan koʻproq foydalanganlar. Oltin qimmatligi sabab kamroq ishlatilgan, ammo tilla suvi bilan zarhallash keng tarqalgan edi.

Qimmatbaho buyumlarni sotib ololmaydiganlar uchun zargarlar turli xil nayranglarni oʻylab topishgan.

Ular oddiy shisha va toshlardan shunday hashamatli taqinchoqlarni yaratishganki, tashqi koʻrinishidan qimmatbaho metall va toshlardan yasalgan buyumlardan deyarli farq qilmagan.

Xullas tilla suvi berilgan mis va kumush taqinchoqlar ancha hamyonbop boʻlgan.

Qizil, yashil va koʻk rangli shishalar esa  yoqut, zumrad, feruza va boshqa qimmatbaho toshlar oʻrniga ishlatilgan.

Ayniqsa XIX asrning oxirida mashhur feruza oʻrniga xira koʻk shishadan foydalanish sezilarli darajada oshdi.