Bu tangalarning old tomonida tuya suratlari tasvirlangan. Orqa tomonida esa olov mehrobi oʻz aksini topgan. Umuman Buxoro tangalarida 300-yil davomida tuya tasvirli tangalar ustunlik qilgan.

Shuningdek, Choch va Varaxshadan topilgan tangalarda ham qurbongoh va tuya tasvirlari koʻp uchraydi. 

Arxeologlar V.A.Shishkin va L.I. Rempelning qayd etishicha, tuyani tangalarda tasvirlash aslida Avestodagi rivoyatlardan meros qolgan.