Qahramon Abduxoliqov Davlat aktivlarini boshqarish agentligi kadrlar boʻlimi boshligʻi etib tayinlandi

    Mamlakatimizda 19 Yanvar 2021 1838

    Qahramon Abduxoliqov Andijon viloyatida tugʻilgan. 2003-yilda Toshkent davlat pedagogika universitetini tamomlagan.

    Mehnat faoliyatini 2003-yilda bank tizimida boshlab, 2007-yildan turli vazirlik va idoralarning kadrlar boʻlinmasida masʼul lavozimlarda samarali mehnat qilgan.

    Qahramon Abduxoliqov 2020-yil mart oyidan buyon Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi inson resurslari va xodimlar salohiyatini rivojlantirish departamenti xodimlar bilan ishlash boʻlimi bosh mutaxassisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

    Mazkur tayinlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xulosasiga koʻra amalga oshirildi.