Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chirchiq shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “G.I.» MCHJ rahbari J.E. “I.» MCHJga tegishli 3-qavatli noturar joy binosi internet saytlari orqali sotuvga qoʻyilganligidan foydalanib, obyektning kadastr hujjati, MCHJ rahbarining imzo va muhrini qalbakilashtirib, ushbu hujjatlar orqali binoni garov taʼminoti sifatida qoʻyib, bank muassasasidan 4 mlrd soʻm kredit mablagʻini olishga erishib, oʻzining ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi, shuningdek, tijorat banki filiali masʼul shaxslari J.E. tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni toʻliq oʻrganmaganligi hamda kredit mablagʻining maqsadli sarflanishi monitoring qilinmaganligi oqibatida, tadbirkor va bank manfaatlariga 4 mlrd soʻm zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) va 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.