Qalin tuman Namangan aeroporti faoliyatini cheklab qoʻydi

    Transport 30 Noyabr 2022 1518

    Namangan xalqaro aeroportida koʻrinishning yomonligi (200 m) — qalin tuman tufayli reyslarni qabul qilish va joʻnatish vaqtincha cheklandi.

    Ikkita reys muqobil aerodromlarga yuborildi.

    Xususan, noqulay ob-havo sharoiti tufayli “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Krasnoyarsk — Namangan yoʻnalishi boʻyicha HY9824 reysi mahalliy vaqt bilan soat 07:23 da Toshkent aeroportiga qoʻndi. Ob-havo yaxshilanishi, yaqin vaqtda bilan Toshkentdan Namanganga, u yerdan esa Ufaga uchish kutilmoqda.

    Red Wings aviakompaniyasining Yekaterinburgdan Namanganga uchayotgan WZ1127 reysi soat 09:47 da Fargʻonaga qoʻndi.

    HY9858/073 Ufa — Namangan — Buxoro (taxminiy kelish vaqti — 14:30), HY74/47 Buxoro — Namangan — Samarqand (kelish — 19:05), HY48 Samarqand — Namangan (kelish vaqti — 23:00) reyslari ham ob-havo sharoiti tufayli kechiktirilishi kutilmoqda.