“Qalqon” yengil zirhlangan avtomobili — milliy mahsulotimiz

    Harbiy 21 Noyabr 2021 3553

    Mudofaa sanoati kompleksi korxonalaridan birida “Qalqon” yengil zirhlangan avtomobili ishlab chiqarildi.

    Yangi ishlab chiqarilgan zirhlangan avtomobil kuch ishlatar vazirlik va idoralar hamda tegishli davlat organlari mutaxassislari tarkibidagi ekspert komissiya tomonidan barcha amaliy sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtkazildi.

    Toʻlaligicha soha mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan konstruktorlik hujjatlar asosida yaratilgan “Qalqon”ning taktik-texnik tavsiflari buyurtmachilar takliflari asosida yanada takomillashtirildi hamda Qurolli Kuchlarimizning talablariga va xalqaro tan olingan standartlar meʼyorlariga mos kelishi tasdiqlandi.

    Shu kunlarda mazkur yengil zirhlangan avtomobillar seriyali ishlab chiqarilib Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari boʻlinmalariga yetkazib berilyapti, deb xabar beradi Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.