Energettika vazirligi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, “Qambarota GES-1” Markaziy Osiyoda suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda energetika sohasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi yirik strategik loyiha hisoblanadi.Loyiha Qirgʻiz Respublikasi hududidagi Norin daryosida quvvati 1880 MVt boʻlgan zamonaviy gidroelektr stansiyasini barpo etishni nazarda tutadi.
Ushbu loyihaning amalga oshirilishi mintaqada energetika xavfsizligini mustahkamlash, barqaror rivojlanishni taʼminlash hamda “yashil” energiya ulushini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Muzokaralarda ikki davlatning tegishli idora va tashkilotlari vakillari ishtirok etdi. Shuningdek, Jahon banki vakillari kuzatuvchi sifatida qatnashib, ushbu tashkilotning loyihadagi muhim xalqaro moliyaviy hamkor sifatidagi oʻrnini yana bir bor tasdiqladi.
Uchrashuv yakunida tomonlar hukumatlararo bitim loyihasi qoidalarini kelishish boʻyicha yaqin hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.