Qamchiq davonida qor koʻchkisi yuz berdi

    Xavfsizlik 19 Fevral 2025 1285

    Qamchiq dovoni hududida gʻarbiy ekspozitsiyadagi eski qor qoplamidan hajmi 154 m3 boʻlgan qor koʻchib tushdi.

    Qamchiq qor koʻchki stansiyasi maʼlumotiga koʻra, shu yilning 18-fevral kuni (taxminiy soat 11:00-17:00 oraligʻida), Qamchiq dovoni hududida gʻarbiy ekspozitsiyadan eski qor qoplamidan hajmi 154 m3 boʻlgan 1 dona qor koʻchkisi tushgan.

    Koʻchki oqibatida talafot va jabrlanganlar yoʻq.

    Maʼlumot uchun: 2025-yil 18-fevral kuni qoyalarda tuman boʻlgani sababli, oʻrganishlar 19-fevral kuni olib borildi.