"Qamchiq" dovonida avtomashina xandaqqa tushib ketdi

    Kecha, 24-iyul kuni soat 16:53 da "DAF" rusumli yuk avtomashina haydovchisi ehtiyotsizligi oqibatida yo‘l o‘rtasida qaychi usulida to‘xtab qolgan.

    Qayd etilishicha, Mashina A-373 "Toshkent-O‘sh" avtomobil yo‘lining 242.2 km.da "Toshkent-Vodiy" yo‘nalishida harakatlanayotgan bo‘lgan.

    Natijada mashinaning yoqilg‘isi oqib ketgan. Uning ortidan kelayotgan "CIMC" rusumli qurilish mahsuloti tashishga mo‘ljallangan avtomashina toyib ketib yo‘l chetidagi xandaqqa (kyuvet)ga tushib ketgan.

    Zudlik bilan hodisa joyiga FVVning "Qamchiq" dovoni qutqvruvchilari yetib borib, YPX va "Qamchiqavtoyo‘l" xodimlari bilan hamkorlikda vaziyat oqibatlarini bartaraf etishga kirishgan.

    Yo‘l transport hodisasi oqibatlarini bartaraf etish vaqtida yo‘lning bir tomoni vaqtincha yopilgan.

    Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

    "Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q", deyiladi xabarda.