Bu haqda Favqulotda vaziyatlar vazirligi maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, vodiy viloyatlariga borishni yoki vodiydan Toshkent shahriga kelishni rejalashtirgan fuqarolar uchun “Pop”, “Temiryoʻlobod”, “Angren” va “Ohangaron” vokzallarida qoʻshimcha poyezd reyslari yoʻlga qoʻyildi.

Yoʻlovchilarni vokzallarga yoʻnaltirish ishlari Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshchiligida, Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, mahalliy hokimliklar va temiryoʻl xodimlaridan iborat ishchi guruhlar tomonidan muvofiqlashtirilmoqda.