Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Koʻchki yoʻlning xandak qismiga tushgan boʻlib, harakat xavfsizligiga taʼsir yetmagan. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yoʻq.
Voqea joyida «Qamchiqavtoyoʻl« IYFUK kuch va vositalari bilan koʻchki massalari tozalangan. «Qamchiq« Maxsus qidiruv, yongʻin — qutqaruv boshqarmasi va YPX otryadi xodimlari avtomobil yoʻlida xavfsizlik choralarini koʻrishgan.
«Dovon orqali harakatlanuvchi haydovchilardan xavfli uchastkalarga transport vositalarini toʻxtatmasligi hamda ogohlantiruvchi va taʼqiqlovchi belgilarga rioya etishlarini soʻraymiz«, — deyiladi xabarda.