Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Shu yilning 31-iyul kuni soat 16:00 larda A-373 Toshkent—Oʻsh avtomobil yoʻlining 242 kilometrida Toshkent—vodiy yoʻnalishida harakatlangan yuk mashinasi boshqaruvni yoʻqotib, yoʻl oʻrtasidagi beton toʻsiqqa urilgan va qarama-qarshi yoʻnalishga oʻtib ketib, “Cobalt” va “Matiz” avtomobillari bilan toʻqnashib ketishi oqibatida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi.
Hodisa oqibatida “Matiz” va yuk mashinasi jarlikka tushib ketdi. Ikki nafar fuqaro voqea joyida halok boʻlgan.
Hozirda tegishli tashkilot xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.