Joriy yilning 10 sentyabr`  kuni soat 22:30 larda  "Toshkent-O'sh" halqaro ahamiyatga ega avtomobil` yo'lining 247-248-kilometrlar oralig'ida "Volvo" rusumli yuk avtomobili o'zi bilan bir yo'nalishda harakatlanib ketayotgan "Matiz", "Cobalt", "Isuzu" yuk avtomobili, "Nexia-2", "Cobalt", "MAN" yuk avtomobili, "Cobalt" va "Spark" avtomobillari bilan to'qnashib, yo'l-transport hodisasi sodir etgan. 

To'qnashuv natijasida, 3 ta "Cobalt", "Spark" hamda yuk avtomobillarida yong'in kelib chiqqan va voqea joyida 3 nafar fuqaro vafot etgan. Avtomobillar salonida bo'lgan 7 nafar yo'lovchi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu YTH yuzasidan Namangan viloyati Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sodir bo'lgan yo'l-transport hodisasi bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlar berib boriladi.