Hodisa bugun, 19-sentyabr kuni soat 07:20 da A-373 avtomobil yoʻlining “Qamchiq” dovonidan oʻtgan 196 kilometrida sodir boʻlgan.

Oqibatda yuk avtomashinasi agʻdarilib qolgan. Avtomashinada haydovchining oʻzi boʻlgan, deya xabar beradi FVV axborot xizmati.

Voqea joyiga zudlik bilan “Qamchiq” Maxsus qidiruv, yongʻin-qutqaruv boshqarmasi qutqaruvchilari va YPX xodimlari yetib borgan. Qutqaruvchilar maxsus asbob-anjomlar va Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimiga kiruvchi tashkilotlar texnikalarini jalb qilgan holda yuk avtomashinasini yoʻl chetidagi xavfsiz hududga olib chiqib, haydovchiga amaliy yordam koʻrsatdi.

Hodisa oqibatida tan jaroxati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.