“Qamchiq” dovonida yoʻlovchilar isinib olishi uchun maxsus joylar tayyorlandi

    “Qamchiq” dovonida yogʻingarchilik munosabati bilan FVV tomonidan xohlovchi yoʻlovchilar uchun isinish maskanlari tashkil etildi.

    Bu haqda vazirlik axborot xizmati maʼlum qildi.

    Favqulodda vaziyatlar vazirligi yoʻl transport hodisalari bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishda haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini koʻrishlarini soʻrab qoldi.