Hodisa bugun, 8-iyul kuni ertalab soat 07:00 lar atrofida, “Toshkent-Oʻsh” xalqaro avtomobil yoʻlining 242-kilometrida sodir boʻlgan.
“Qamchiq” dovoni orqali harakatlanayotgan paxta tolasi ortilgan yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yoʻqotishi natijasida yoʻlning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketgan. Oqibatda yuk mashinasi yonib ketgan. Quvonarlisi, mashina haydovchisi salondan chiqib olishga muvaffaq boʻlgan va shu sababli jiddiy jarohat olmagan.
FVVning “Qamchiq” maxsus qidiruv, yongʻin-qutqaruv boshqarmasi xodimlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, bir necha daqiqada yongʻinni bartaraf etdilar. FVV qutqaruvchilarining tezkor harakatlari natijasida mashinaga ortilgan yuklarning katta qismi yongʻindan saqlanib qolingan. Hodisa natijasida jabrlanganlar yoʻq, deb xabar beradi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.