“Qamchiq” dovonida yuk avtomobili yonib ketdi

    Xavfsizlik 16 Yanvar 2021 556

    Bugun soat 15:50larda, Namangan viloyati, Pop tumani hududidan oʻtgan A 373 “Toshkent — Oʻsh” avtomobil yoʻlining 252-kilometrida “Mercedes-Benz” rusumli yuk avtomobili yonib ketgan.

    Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 36 yoshli haydovchi boshqaruvidagi “Mercedes-Benz” rusumli yuk avtomobilining dvigatel qismida qisqa tutashuv oqibatida yongʻin yuzaga kelgan.

    Yongʻin natijasida tan jarohati olganlar yoʻq. Yongʻin oʻt oʻchiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

    Mazkur hodisa yuzasidan Pop tumani IIB YHXB va FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, yongʻin sodir boʻlish sabablariga aniqlik kiritilyapti, deb xabar beradi IIV YHXBB matbuot xizmati.