Buning oqibatida yongʻin kelib chiqib, avtomashina ichidagi haydovchi va 1 nafar yoʻlovchi voqea joyida vafot etgan. Ushbu holatga aniqlik kiritilganda, yuk mashinaning yukxonasida 8 tonna qurilish xomashyosi, yaʼni betonga qoʻshiladigan kimyoviy eritma borligi maʼlum boʻlgan.
Yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan “Qamchiq” Maxsus-qidiruv, yongʻin-qutqaruv boshqarmasi boshligʻi polkovnik X.Bobonov boshchiligidagi shaxsiy tarkib hamda maxsus texnikalar zudlik bilan voqea joyiga yetib bordi. Yongʻin-qutqaruvchilarining olib borgan tezkor say-harakatlari natijasida yongʻin qisqa vaqt ichida bartaraf etildi.